«andijon shahri» tegli maqolalar


Andijonda 2 nafar bolani 27 yoshli ayol o‘ldirgani aytilmoqda
21 iyun 2022, 10:02

Andijonda 2 nafar bolani 27 yoshli ayol o‘ldirgani aytilmoqda

Andijon shahrida 2 nafar bolaning o‘limida gumonlanib, 27 yoshli ayol hibsga olindi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, u ushbu jinoyatni oilasi buzilib ketishiga sababchi bo‘lgan xolavachchasi bilan tortishib qolgani uchun sodir etganini tan olgan. U shu yo‘l orqali xolavachchasidan qasd olgani aytilmoqda.

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi
14 iyun 2022, 21:38

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Gofurjon Abdurahmonov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Bahrom Haydarov talon-tarojlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan edi.

Andijonda hokim noqonuniy tarzda deputat daxlsizligi huquqidan mahrum etildi
31 may 2022, 18:55

Andijonda hokim noqonuniy tarzda deputat daxlsizligi huquqidan mahrum etildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnoma bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi sessiyasida ikki nafar deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi qonun va prezident farmoniga zid tarzda ko‘rib chiqilgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, deputatlardan biri — Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovdir. U 2017 yildan 2019 yil oktabr oyiga qadar Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida moliyaviy jinoyatlar sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda
22 fevral 2022, 11:49

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19,6 ming kv. metr yer maydonini noqonuniy ajratish orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Hokim bir vaqtning o‘zida deputat bo‘lganligi bois Andijon viloyati prokuraturasi uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha Xalq depututlari Andijon viloyati kengashiga taqdimnoma kiritdi.

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
12 mart 2021, 23:13

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Juma kun tushdan keyin Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Buning oqibatida uy egasi va uning nabirasi 50 foiz termik kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tahminlarga ko‘ra, gaz va havo chaqnashi gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
11 dekabr 2020, 13:36

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Andijon shahridagi xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirilishganligi ma’lum bo‘ldi. Xodimlar tomonidan pullar bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting